Transfermarkt portali Italiya A Seriyasi futbolchilari transfer qiymatini yangilangan reytingi va liganing eng qimmat klublari ro‘yxatini e’lon qildi.
«Yuventus» eng qimmat tarkibga ega klub bo‘lib qolmoqda. Turinliklar tarkibi 678 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlarda «Inter» (618 mln yevro) va «Napoli» (533 mln yevro) bormoqda.
Quyidagi eng qimmat A Seriya klublari top-10 ligi bilan tanishing:
1. «Yuventus» — 678 million yevro
2. «Inter» — 618 mln yevro
3. «Napoli» — 533 mln yevro
4. «Milan» — 509 mln yevro
5. «Roma» — 387 mln yevro
6. «Atalanta» — 381 mln yevro
7. «Lasio» — 345 mln yevro
8. «Sassuolo» — 212 mln yevro
9. «Fiorentina» — 196 mln yevro
10. «Kalyari» — 183 mln yevro
Italiya chempionatining eng qimmat futbolchilari ro‘yxati ham yangilandi. «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku (90 mln yevro) eng qimmat o‘yinchi bo‘lib turibdi. «Yuventus» himoyachisi Matteys de Ligt 75 million yevroga baholanib, ikkinchi pog֥‘onada qayd etilgan.
A Seriyaning eng qimmat futbolchilari:
1. Romelu Lukaku («Inter») — 90 mln yevro
2. Matteys de Ligt («Yuventus») — 75 mln yevro
3. Lautaro Martines («Inter») — 70 mln yevro
4. Sergey Milinkovich-Savich («Lasio») — 70 mln yevro
5. Janluiji Donnarumma («Milan») — 60 mln yevro
6. Federiko Kyeza («Yuventus») — 60 mln yevro
7. Nikola Barella («Inter») — 60 mln yevro
8. Paulo Dibala («Yuventus») — 60 mln yevro
9. Alessandro Bastoni («Inter») — 55 mln yevro
10. Milan Shkrinyar («Inter») — 55 mln yevro
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida