SportUz.Net
photo photo

«Manchester Yunayted»dan «Jenoa»gacha. 2021 yilgi qishki transfer oynasida eng ko‘p pul sarflagan Yevropa klublari

08.02.2021 11:30    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali 2021 yilgi qishki transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan Yevropa klublari reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra yanvar oyida transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan klub «Vest Hem» bo‘ldi. Londonliklar uchta xarid uchun jami 26,4 million yevro sarflagan.

Keyingi o‘rinlarda «Ayaks» (22,5 million yevro) va «Manchester Yunayted» (21 mln) jamoalari bormoqda.

Eldor Shomurodovning «Jenoa»si 5 ta transfer uchun 18 million yevro sarflagan va reytingda 6-pog‘onada bormoqda.

Top-10 reyting bilan tanishing:

1. «Vest Hem» (Angliya) — 36,4 million yevro
2. «Ayaks» (Niderlandiya) — 22,5 mln yevro
3. «Manchester Yunayted» (Angliya) — 21 mln yevro
4. «Leypsig» (Germaniya) — 20 mln yevro
4. «Monako» (Fransiya) — 20 mln yevro
6. «Jenoa» (Italiya) — 18 mln yevro
6. «Yuventus» (Italiya) — 18 mln yevro
8. «Sporting» (Portugaliya) — 16 mln yevro
9. «Aston Villa» (Angliya) — 15,8 mln yevro
10. «Parma» (Italiya) — 14,9 mln yevro



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: