SportUz.Net
photo photo

«Navbahor» yana muxlislar tashrifi bo‘yicha peshqadam!

21.03.2021 23:31    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 18-20 mart kunlari Superligada 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur turdagi 7 ta uchrashuvga jami 39491 muxlis tashrif buyurdi.

Bu esa turning bitta bahsiga o‘rtacha 5642 ishqibozni tashkil qiladi (avvalgi tur bilan solishtirganda bu galgi bellashuvlarga 2000 nafar ko‘proq tomoshabin kelgan).

Mazkur tur bahslarida eng ko‘p muxlis Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda kuzatilib, “Navbahor” – “Nasaf” o‘yiniga 19358 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Ishqibozlarning eng kam tashrifi esa Muborakdagi “Mash’al” – “Metallurg” bahsida qayd etildi – 558 nafar.  

Superliganing 3-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Navbahor” – “Nasaf” - 0:0. 19358 tomoshabin.

“Qizilqum” – “So‘g‘diyona” - 1:1. 5632 tomoshabin.

“Turon” – “Lokomotiv” - 2:2. 5000 tomoshabin.

“Surxon” – “Qo‘qon-1912” 1:1. 3576 tomoshabin.

AGMK – “Paxtakor” 0:3. 3012 tomoshabin.

“Bunyodkor” – “Andijon” 3:1. 2355 tomoshabin.

“Mash’al” – “Metallurg” 2:1. 558 tomoshabin.

Eslatib o‘tamiz, Coca Cola Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yiniga 17558 nafar tomoshabin tashrif buyurgan va o‘sha turda ham Namangandagi “Markaziy” o‘yingoh muxlislar tashrifi bo‘yicha peshqadam bo‘lgandi.        

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: