SportUz.Net
iks
ads

Elit OCHL. «Al-Ittihod»ga yengilgan «Nasaf» guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi

24.12.2025 01:24    


Rasmni yuklab olish

Elit OCHL 6-turida "Nasaf" safarda "Al-Ittihod" mehmoni bo‘ldi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

57-daqiqada Karim Benzema Rojerning qanotdan bergan uzatmasidan so‘ng qarshiliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi - 1:0.

Ortda qolgan 6 ta turda birorta ochko ololmagan "ajdarlar" turnirni liga bosqichida yakunlashi aniq bo‘ldi. Keyingi ikki tur rasmiyatchilik uchun o‘tadi.

"Al-Ittihod" 9 ochko bilan 6-pog‘onada.

Elit OCHL. 6-tur
23 dekabr, 23:15. «Qirol Abdulloh Sport Siti» (Jidda)
Al-Ittihod - Nasaf - 1:0
Gol: 57' 1:0 - Karim Benzema (Rojer).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: