
"Bornmut" forvardi Antuan Semenyoga Angliya Premyer-ligasining ko‘plab top-klublari qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli futbolchi uchun "Chelsi" ham so‘rov yuborgan edi, ammo shundan so‘ng klub Semenyoni sotib olishga urinishdan bosh tortgan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Semenyo bo‘yicha dastlabki so‘rovdan so‘ng, "Chelsi" boshqa harakatlar amalga oshirmaslikka qaror qildi. Klubdagilar tarkibning yetarli darajada katta ekanligiga ishonishadi. Shu bilan birga, klub bozordagi turli variantlarni kuzatishda davom etadi.
Antuan Semenyo joriy mavsum Premyer-ligada 16 ta o‘yinda 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shartnomada Semenyo sotib olish imkoniyatini ko‘rsatgan - taxminan 74 million yevro.
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan katta intervyu