SportUz.Net
iks
ads

«Man Siti» qishdagi yirik transfer uchun katta qadam tashladi

24.12.2025 01:12    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" "Bornmut" vingeri Antuan Semenyo transferi ustida faol ish olib bormoqda.

So‘nggi 12 soat ichida "shaharliklar" vakillari 25 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish uchun "katta sa’y-harakatlar" qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. Sport direktori Ugu Viana ganalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lib turibdi. "Manchester Siti" klubi yakuniy javobni imkon qadar tezroq olishga umid qilmoqda.

Semenyoga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda, "Liverpul" vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. "Chelsi" poygadan chiqib ketdi, bu haqda avvalroq Angliyadagi manbalar xabar bergandi.

"Giloslar" yulduzining transferi deyarli 75 mln yevroga tushadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: