SportUz.Net
iks
ads

Mbappe La Liganing oy futbolchisi deb ikkinchi marta tan olindi

01.11.2025 00:00    


Rasmni yuklab olish

Kilian Mbappe La Liganing oy futbolchisi deb topildi.

Fransiyalik hujumchi ketma-ket ikkinchi marta mazkur sovringa sazovor bo‘ldi — u oktyabr oyida chempionat doirasida o‘tkazilgan har uchta uchrashuvda ham gol urgan.

«Real» forvardi ushbu mukofot uchun kurashda «Betis» hujumchisi Antoni, «Rayo Valyekano» yarim himoyachisi Xorxe de Frutos, «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak va «Barselona» yarim himoyachisi Pedridan ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe sentyabr oyida ham La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi — o‘sha oyda u jamoaning barcha to‘rtta o‘yinida ham gol urgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: