
Fergyuson shu yilning dekabr oyida Dubayda bo'lib o'tadigan musobaqada ringga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 41 yoshli amerikalikning raqibi hozircha rasman elon qilinmagan, ammo u katta ehtimol bilan divizionning amaldagi chempioni Ali Al-Faxri bo'lishi mumkin. Bu haqda Liga promouteri Mems Teylor Ariel Xelvaniga bergan intervyusida malum qilgan. Faxri ijtimoiy tarmoqda "AnEsonGib" nomi bilan tanilgan.
"Men hozircha uning raqibini elon qilmayman, ammo Toni 20 dekabr kuni qaytadi va kamarlarni birlashtiradi. Uni yana ko'rish juda yaxshi bo'ladi. To'g'risini aytsam, Tonini hurmat qilaman - u juda kamtar, ajoyib yigit. Uning yana jang o'tkazishidan xursandman. Uning muxlislari avvaliga bizni "Solt Papi"ga qarshi jangimiz uchun yomon ko'rishdi. Lekin hozir vaziyat o'zgargan. Men uning mashq qilayotganini ko'rdim va u bilan hammasi joyida, havotir olmang, deb aytdim. Darhaqiqat, u ajoyib jang ko'rsatdi va o'ylaymanki, shunday davom etadi", - dedi promouter.
Teylorning takidlashicha, Al-Faxri bilan jang bo'yicha hozircha kelishuv yo'q va agar bloger jangdan bosh tortsa, u amaldagi kamaridan mahrum bo'ladi. Fergyuson esa to'laqonli chempion sifatida ringga ko'tariladi.
"Solt Papi" ustidan qozonilgan g'alaba "El-Kukuya" uchun professional boksdagi birinchisi bo'lgandi. Ungacha Toni UFC’da ketma-ket sakkizta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
