«Manchester Siti» klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida «Yuventus»ga qarshi o‘yinda (5:2) yubiley — 300-golini urdi. Bu uning professional faoliyatidagi 370-o‘yini bo‘ldi.
ESPN nashri xabar berishicha, norvegiyalik futbolchi 300-gollik natijaga Krishtianu Ronaldu (554 o‘yin), Lionel Messi (418) va Kilian Mbappe (409) kabi yulduzlarga qaraganda ancha tez yetib kelgan.
Ayni paytda Xoland 371 ta o‘yinda maydonga tushib, 301 ta gol urgan. Uning gollari taqsimoti quyidagicha:
- «Molde» — 20 gol
- «Zalsburg» — 29 gol
- «Borussiya Dortmund» — 86 gol
- «Manchester Siti» — 125 gol
- Norvegiya terma jamoasi — 42 gol
2024/2025 yilgi mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 49 o‘yinda 35 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Qudratillo Abduqahhorov ishtirokida kamar uchun kechgan jang muddatidan avval yakunlandi + FOTO