Xalqaro boks federasiyasi (IBF) o‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolovni o‘zining yangilangan reytingiga kiritdi.
Jalolov 5 aprel kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tgan jangda ukrainalik Igor Shevadzuskiyni (12-3, 10 KO) mag‘lub etdi. Barcha hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozonganini ma’lum qilishdi. Jang Bahodir uchun odatdagidan farqli tarzda to‘liq masofada o‘tdi. Bu uning nisbatan kamdan kam holatlaridan biri, sababi u 15 g‘alabasining 14 tasini nokaut bilan yakunlagan.
IBF ushbu natijadan so‘ng Bahodirni og‘ir vazn reytingida 13-o‘ringa joylashtirdi. Qizig‘i, undan bir pog‘ona yuqorida amerikalik bokschi Richard Torres (13-0, 11 KO) joylashgan. Torres — Jalolovning Tokio Olimpiadasi finalidagi raqibi bo‘lgan.
IBF og‘ir vazn reytingida quyidagicha:
Ma’lumot uchun, avvalroq Jalolovning Ostonadagi jangi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab nashrlar o‘zbekistonlik bokschini kuchliroq raqiblarga qarshi ringga chiqishga chaqirgan edi.
Golovkin Qozog'iston boks terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida qanday fikrda?