«Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasining 38 turdan iborat mavsumi doirasida «gol+pas» tizimi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
APLning 32-turidan o‘rin olgan «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda misrlik futbolchi Luis Diasga golli uzatma amalga oshirdi. Bu pas Saloh uchun joriy mavsumdagi 45-samarali harakat bo‘ldi. Uning hisobida 27 ta gol va 18 ta golli uzatma bor.
Shu tariqa, 32 yoshli futbolchi bu borada «Arsenal»ning sobiq afsonaviy hujumchisi Tyerri Anrining 2002/03 mavsumida qayd etgan 44 ochkolik natijasini ortda qoldirdi. Shuningdek, u «Manchester Siti» forvardi Erling Xolandning 2022/23 mavsumidagi 44 ballik natijasini ham yangiladi.
Kechagi qonli jangdan keyin Doston Bozorovning yuzi "remontada"ga muhtoj bo'lib qolibdi + FOTO
"Avstraliyalikka uzoq tanaffus shart emas". Maddalena Maxachev bilan jang sanasi haqida gapirdi
Valentina SHevchenko UFC 315 g'alabasidan so'ng navbatdagi raqibi haqidagi savolga javob berdi