SportUz.Net

Husanov, Palmer, Isak — Transfermarkt versiyasiga ko‘ra APLda eng qimmatlashgan o‘yinchilar o‘ntaligida

19.03.2025 09:24    


Rasmni yuklab olish

Taniqli internet-portal Transfermarkt Angliya Premyer-ligasida eng qimmatlashgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.  

Ro‘yxatning birinchi o‘rnida "Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer joy oldi, uning narxi 40 million yevroga oshdi. Ikkinchi o‘rinda "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak (+25 mln yevro). Uchlikni "Arsenal" vingeri Itan Nvaneri yopib bermoqda (+25 mln yevro).  

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov esa ro‘yxatda beshinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik futbolchining transfer narxi 23 million yevroga ko‘tarildi.

Transfermarkt versiyasiga ko‘ra APLda eng qimmatlashgan 10 futbolchi:

1. Koul Palmer ("Chelsi") — €130 mln (+40 mln).  
2. Aleksander Isak ("Nyukasl") — €100 mln (+25 mln).  
3. Itan Nvaneri ("Arsenal") — €55 mln (+25 mln).  
4. Dean Xyoysen ("Bornmut") — €42 mln (+24 mln).  
5. Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") — €35 mln (+23 mln).  
6. Niko Gonsales ("Manchester Siti") — €40 mln (+22 mln).  
7. Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal") — €28 mln (+18 mln).  
8. Vitor Reys ("Manchester Siti") — €30 mln (+16 mln).  
9. Omar Marmush ("Manchester Siti") — €75 mln (+15 mln).  
10. Rayan Gravenberx ("Liverpul") — €70 mln (+15 mln). 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: