SportUz.Net

UFC Fight Night 252 turniri jangchilarining gonorarlari malum. Nursulton Ro'ziboev qancha ishlab oldi?

08.03.2025 10:28    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 22 fevral kuni AQSHning Sietl shahrida navbatdagi UFC turniri o'tkazilgan edi.

UFC Fight Night 252 turniri tashkilotchilari rasman jangchilarning gonorarlari haqidagi malumotlarni ochiqladi. Oqshomning asosiy jangi ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo hamda xitoylik Song Yadong o'rtasida bo'lib o'tgan va unda Song g'alaba qozongandi. Aniqrog'i, Yadong raqibining ko'ziga qo'lini tiqib olgani uchun jang uchinchi raunddan keyin to'xtatilgan va g'alaba ochkolar hisobiga ko'ra osiyolik sportchiga berilgandi.  

Vashington shtati licenziyalash Departamenti bergan xabarga ko'ra, Song Yadong bu jangdan 320 000 AQSH dollari ishlab olgan. Ushbu summaning teng yarmi unga gonorar tariqasida berilgan. Qolgan 160 000 dollarini esa g'alabasi uchun olgan. Raqibining extiyotsizligi sabab jangni davom ettira olmagan Genri Sexudo esa 150 000 dollar bilan kifoyalandi. 

Rob Font turnirdagi g'alabasi uchun umumiy 320 000 dollarga ega bo'ldi. Unga yutqazgan Jin Macumoto esa 26 000 dollar bilan cheklandi. Yana bir nomdor aralash yakkakurash ustasi Brendan Allen 210 000 dollarga ega bo'ldi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, UFC Fight Night 252 turnirida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev UFC`dagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritgan edi. U ushbu g'alabasidan jami 74 000 dollar ishlab oldi. Jang uchun 37 000 dollar gonorar, g'alaba uchun esa yana shuncha summa taqdim etilgan. Ro'ziboevga yutqazgan Erik MakKoniko esa 12 000 dollar bilan cheklandi.


UFC Fight Night 252 turnirining barcha gonorarlari:

Song Yadong – $320 000 ($160 000 jang uchun, $160 000 g'alaba uchun)

Genri Sexudo – $150 000

Entoni Ernandes – $144 000 ($72 000 jang uchun, $72 000 g'alaba uchun)

Brendan Allen – $210 000

Rob Font – $320 000 ($160 000 jang uchun, $160 000 g'alaba uchun)

Jin Macumoto – $26 000

Jin Silva – $90 000 ($45 000 jang uchun, $45 000 g'alaba uchun)

Melsik Bagdasaryan – $35 000

Alonzo Menifild – $240 000 ($120 000 jang uchun, $120 000 g'alaba uchun)

Julius Uoker – $12 000

Ion Kucelaba – $190 000 ($95 000 jang uchun, $95 000 g'alaba uchun)

Ibo Aslan – $35 000

Melkuizael Kosta – $48 000 ($24 000 jang uchun, $24 000 g'alaba uchun)

Andre Fili – $110 000

Mansur Abdul-Malik – $24 000 ($12 000 jang uchun, $12 000 g'alaba uchun)

Nik Kleyn – $10 000

Riki Simon – $160 000 ($80 000 jang uchun, $80 000 g'alaba uchun)

Javid Basharat – $30 000

Ostin Vanderford – $30 000 ($15 000 jang uchun, $15 000 g'alaba uchun)

Nikolay Veretennikov – $12 000

Nursulton Ro'ziboev – $74 000 ($37 000 jang uchun, $37 000 g'alaba uchun)

Erik MakKoniko – $12 000

Modestas Bukauskas – $96 000 ($48 000 jang uchun, $48 000 g'alaba uchun)

Raffael Serkeyra – $10 000



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: