SportUz.Net

Muhammad Saloh APLning bir mavsumida «gol+pas» tizimi bo‘yicha o‘z rekordini takrorladi

27.02.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

«Liverpul»ning qanot hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasining 27-turida «Nyukasl Yunayted»ga qarshi o‘yinda (2:0) golli uzatma amalga oshirib, Angliya chempionatidagi shaxsiy rekordini takrorladi.  

Joriy mavsumda 32 yoshli Saloh APL doirasida «Liverpul» tarkibida 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi (42 ball).

Ilgari misrlik hujumchining eng yaxshi natijasi 2017/2018 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, u o‘sha paytda 32 ta gol va 10 ta assistga erishgan.  

Saloh bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 22 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: