SportUz.Net

OLIMPIADAGACHA. O'zbekistonning Olimpiya o'yinlaridagi ilk ishtiroki qanday o'tgan? (Mutolaa uchun)

22.07.2024 17:14    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston mustaqil davlat sifatida ilk marotaba yozgi Olimpiada o'yinlarida qatnashganiga 28 yil to'ldi.

AQSHning Atlanta shahrida 1996 yilda bo'lib o'tgan turnirda yurtdoshlarimiz to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida debyut qilishgan. Delegaciyamiz vakillari 13 ta sport turidan 71 nafar sportchi bilan (63 nafar erkak, 8 nafar ayol) o'yinlarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Qaysi sport turidan necha nafar sportchi ishtirok etgan? 

Boks - 7 nafar 

Erkin kurash - 6 nafar 

Yunon-rum kurashi - 4 nafar 

Velosport - 1 nafar 

Spori gimnastikasi - 2 nafar 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish - 13 nafar 

Dzyudo - 7 nafar 

Engil atletika - 10 nafar 

Suzish - 6 nafar 

Kamondan otish - 1 nafar 

Tennis - 2 nafar 

Og'ir atletika - 5 nafar 

Qilichbozlik - 1 nafar

Sovrindorlar:

1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida 2 nafar yurtdoshimiz sovrindor bo'lgan. Boks bo'yicha 71 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Karim To'laganov bronza medalini, dzyudo bo'yicha 86 kg vazn toifasida Armen Bagdasarov turnirda finalga qadar etib borib, yakunda kumush medalni qo'lga kiritgan. O'zbekiston ushbu natija bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 58-o'rinni band etgan. Reytingning birinchi pog'onasini AQSH (44 ta oltin, 32 ta kumush, 25 ta bronza), ikkinchi o'rnini Rossiya (26 ta oltin, 21 ta kumush, 16 ta bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Germaniya (20 ta oltin, 18 ta kumush, 27 ta bronza) yakun yasagan.

Amerikada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 197 ta mamlakatdan 10329 nafar sportchilar ishtirok etgan. Bulardan 6817 nafari erkaklar, 3512 nafari ayollardir.

Habib Jo'raboev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: