SportUz.Net

Yevro-2024. Nimchorak final bosqichidan keyin g‘oliblikka da’vogar jamoalarning imkoniyatlari o‘zgardi

03.07.2024 05:36    


Rasmni yuklab olish

"Opta" Yevropa chempionatining nimchorak final bosqichidan keyin jamoalarning g‘oliblik uchun imkoniyatlarini qayta baholadi.

Ushbu bosqichga kelib, Germaniya – Yevro-2024 chempionligi uchun asosiy da’vogarga aylandi. Mezbonlarning g‘oliblik uchun imkoniyati 20 foizga teng deya baholandi.

Ispaniya (19,2%) va Angliya (17,5%) terma jamoalari bu borada kuchli uchlikka kiritildi.

Keyingi pog‘onalarni esa Fransiya (15,2%), Portugaliya (9,8%), Niderlandiya (9,1%), Shveysariya (5,9%) va Turkiya (3,1%) egalladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: