SportUz.Net
photo photo

Manchester duetiga yetadigani yo‘q

14.05.2024 17:31    


Rasmni yuklab olish

APLda qaysi klubning maosh «xalta»si og‘irroq?

EPL yaqinda 20ta ishtirokchi jamoa maosh yo‘nalishida qancha sarflayotganini rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Angliya futbolida maosh to‘lash bo‘yicha Manchesterning ikki klubi oldiga tushadigani yo‘q. Ajoyib juftlik, ammo birining sport natijalari xarajatga muvofiq bo‘lsa, ikkinchida buning mutlaqo aksi.

Ha, APLning maosh bo‘yicha reytingini turnir jadvalida loaqal kuchli beshlikka kirolmayotgan klub boshqarib turibdi - «MYU». Manchesterning «qizil» tarafiga tegishli jamoa maosh xarajatini qoplash uchun haftasiga deyarli 4 million funt ajratadi. Chempionlikka asosiy da’vogar - «Manchester Siti»da esa bu ko‘rsatkich birozgina past - 3,7 million. Manchesterning ikki vakili ortida London sharafini himoya qiluvchi klublar bor - «Arsenal» va «Chelsi». Qarangki, bunda ham birining natijalari katta xarajatga muvofiq, ikkinchisiniki nomuvofiq. Umuman, APLning 14ta jamoasida haftalik maosh chiqimi 1 «limon»dan ko‘p. 

APL-2023/2024: HAFTALIK MAOSH XARAJATI REYTINGI

1. «MYU» - 3821000 funt

2. «Manchester Siti» - 3705000 funt

3. «Arsenal» - 3298000 funt

4. «Chelsi» - 2978000 funt

5. «Liverpul» - 2670000 funt

6. «Aston Villa» - 2135000 funt

7. «Tottenxem» - 2130000 funt

8. «Vest Xem» - 1833000 funt

9. «Nyukasl» - 1638000 funt

10. «Everton» - 1524000 funt

11. «Kristal Pelas» - 1408000 funt

12. «Fulxem» - 1288000 funt

13. «Nottingem Forest» - 1283000 funt

14. «Brayton» - 1165000 funt

15. «Bornmut» - 973000 funt

16. «Brentford» - 836000 funt

17. «Vulverxempton» - 830000 funt

18. «Bernli» - 707000 funt

19. «Sheffild Yunayted» - 674000 funt

20. «Luton» - 469000 funt



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: