
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn o‘zining faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazmoqda.
Angliyalik futbolchi bugun Bundeslgianing 30-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Union»ga qari o‘yinda bir gol urib, bir assist muallifi bo‘ldi.
Keyn "Bavariya" safida joriy mavsumda "gol+pas" tizimi bo‘yicha 51 ball to‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u o‘z rekordini yangiladi. Xarri mavsum-2020/2021da «Tottenxem» safida "gol+pas" bo‘yicha 50 ochko jamg‘argandi.
Shuningdek, Keyn joriy mavsumda Yevropaning top-5 chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilar orasida Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi
SHaxmatda? Pyotr Yan Konor Makgregor bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi