SportUz.Net
photo photo

Reyting: Ishonish qiyin, oyiga 6 «limon»!

31.03.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

L~Equipe nashri birin-ketin qit’aning kuchli 5ta ligasida eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qildi.

Shuningdek, butun Yevropada eng katta ish haqiga ega 10 nafar futbolchi ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, «PSJ»dan zerikkan Kilian Mbappening bir oylik maoshi 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Bunga ishonish qiyin.

Bundesliga (Germaniya)

Germaniya chempionatida eng katta maoshga ega futbolchilarning kuchli beshligi faqat «Bavariya» vakillaridan iborat. Qarangki, hozir Bundesligada «Bavariya» emas, balki «Bayer» peshqadam. Yana katta farq bilan!

1. Garri Keyn («Bavariya») — oyiga 2,1 mln. yevro

2. Manuel Noyer («Bavariya») — oyiga 1,66 mln. yevro

   Tomas Myuller («Bavariya») — oyiga 1,66 mln. yevro

4. Serj Gnabri («Bavariya») — oyiga 1,42 mln. yevro

    Kingsli Koman («Bavariya») — oyiga 1,42 mln. yevro

---------------------------------------------------------------------------------------------------------------

La Liga (Ispaniya)

Ispaniya elit ligasida eng ko‘p maosh evaziga o‘ynayotganlar ro‘yxatida 3ta klub vakili bor. Ya’ni top-6dan «Real», «Barselona» hamda «Atletiko» futbolchilari joy olishdi. 

1. David Alaba («Real») - oyiga 1,88 mln. yevro

2. Robert Levandovski («Barselona») - oyiga 1,87 mln. yevro

3. Vinisius Junior («Real») - oyiga 1,67 mln. yevro

   Jud Bellingem («Real») - oyiga 1,67 mln. yevro

   Ilkay Gyundogan («Barselona») - oyiga 1,67 mln. yevro

   Yan Oblak («Atletiko») - oyiga 1,67 mln. yevro

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------

APL (Angliya)

L~Equipe ma’lumotiga binoan, APL ro‘yxatining dastlabki ikki pog‘onasi «Manchester Siti yetakchilari Kevin de Bryuyne va Erling Xolandga tegishli. Top-5ta «MYU»dan ikki vakil borligini ham alohida ta’kidlash kerak. 

1. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») - oyiga 2,02 mln. yevro

2. Erling Xoland («Manchester Siti») - oyiga 1,9 mln. yevro

3. Muhammad Saloh («Liverpul») - oyiga 1,77 mln. yevro

   Kazemiro («MYU») - oyiga 1,77 mln. yevro

5. Rafael Varan («MYU») - oyiga 1,72 mln. yevro. 

 «A» seriya (Italiya)

«Napoli»ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen - «A» seriya maosh reytingi peshqadami. Keyingi o‘rinlar «Yuventus» vakillariga tegishli. Umuman, Italiyada oyiga 1 million yevro maosh chegarasidan o‘tgan 3 nafar futbolchi bor, xolos. 

1. Viktor Osimxen («Napoli») - oyiga 1,5 mln. yevro

2. Dushan Vlaxovich («Yuventus») - oyiga 1,07 mln. yevro 

3. Voysex Shesni («Yuventus») - oyiga 1 mln. yevro

--------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Liga 1 (Fransiya)

Fransiya elit ligasida eng katta maosh olayotgan 10 nafar futbolchi bitta klubdan. Ha, gap «PSJ» haqida ketmoqda, albatta. Liga 1da million yevrolik maosh chegarasidan o‘tgan futbolchilar soni esa 5 nafar.

1. Kilian Mbappe («PSJ») - oyiga 6 mln. yevro

2. Usmon Dembele («PSJ») - oyiga 1,12 mln. yevro

   Markinyos («PSJ») - oyiga 1,12 mln. yevro

4. Lyuka Ernandes («PSJ») - oyiga 1,11 mln. yevro

   Milan Shkrinyar («PSJ») - oyiga 1,11 mln. yevro

Yevropaning kuchli BESH ligasi bo‘yicha

Ko‘rinib turibdiki, Yevropaning il­g‘or 5ta ligasida oyiga 1 milliondan ko‘p maosh oladiganlar safi ancha kengaygan. Mutlaq peshqadam Kilian Mbappening oylik moyanasi eng yaqin ta’qibchisi Garri Keynnikidan deyarli 3 baravar ko‘p. Yana bir fakt: reytingda 2-4-o‘rinlarda turgan Garri Keyn, Kevin de Bryuyne va Erling Xoland maoshini jamlasak, Kilianning oylik ish haqi miqdori hosil bo‘ladi - 6 million yevro.

AYTGANCHA...

Diqqat, Fransiya elit ligasida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy Luis Enrike («PSJ») bu borada yaqin ta’qibchisi Adolf Xyutter-(«Monako»)dan deyarli 4 baravar ko‘p ish haqiga ega. Ispaniyalik mutaxassis oyiga salkam 1 million yevro olmoqda Parijda. 

1. Luis Enrike («PSJ») - oyiga 923 250 yevro

2. Adolf Xyutter («Monako») - oyiga 250 ming yevro

3. Patrik Viyeyra («Strasbur») - oyiga 220 ming yevro

4. Paulo Fonseka («Lill») - oyiga 220 ming yevro

5. Julyen Steffen («Renn») - oyiga 180 ming yevro

S.RAHMONOV tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: