SportUz.Net

«Jirona» o‘yinchisi La liganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

05.01.2024 23:31    


Rasmni yuklab olish

«Jirona» hujumchisi Artyom Dovbik Ispaniya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ukrainalik futbolchi o‘tgan oyda 4 ta gol muallifiga aylandi. U gollarining 2 tasini penaltidan kiritdi. "Jirona" esa dekabr oyida 3 g‘alaba va bir durang qayd etdi.

Dovbik o‘tkazilgan so‘rovnomada Borxa Mayoral («Xetafe»), Alvaro Valyesa («Las-Palmas»), Rodrigo («Real Madrid») va Inyaki Uilyams («Atletik»)ni ortda qoldirdi.

26 yoshli futbolchi La liganing joriy mavsumida 11 gol va 5 assist muallifiga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: