SportUz.Net
photo photo

Superliga-2023. Yilning eng chiroyli goliga nomzodlar ma’lum bo‘ldi

19.12.2023 21:00    


Rasmni yuklab olish

O‘zbekiston professional futbol ligasi martdan boshlab noyabrga qadar har oyning eng chiroyli gollarini ekspertlar ovoziga ko‘ra aniqlab keldi. Endi navbat Superligada mavsumning eng chiroyli golini aniqlashga etib keldi.

Bu yo‘lda «Metallurg» hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev 2 ta goli bilan ishtirok etadi. U aprel hamda avgust oylarining eng chiroyli gollarini kiritishga erishgandi. Ahamiyatlisi — u har ikki chiroyli golini «So‘g‘diyona» darvozasiga urgandi.

«Andijon»ning 3 nafar futbolchisi bu borada raqobatlashadi: Sardor Abdunabiyev, Suhrob Berdiyev, Rubin Hebay. Mazkur uch futbolchi Superligada dastlabki uch o‘rinni egallagan jamoalar darvozasiga yo‘l topgani e’tiborga molik.

Shuningdek, ro‘yxatda «Olimpik»ning ikki hamda «So‘g‘diyona»ning bir nafar futbolchisi bor.

«Nasaf» - «Andijon» - 0:1 (Sardor Abdunabiyev)

«So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 2:2 (Zabihillo O‘rinboyev)

«Andijon» - «So‘g‘diyona» -  1:2 (Iskandar Shayqulov)

«Olimpik» - «Metallurg» - 1:2 (Jasur Jaloliddinov)

«Metallurg» - «So‘g‘diyona» - 3:1 (Zabihillo O‘rinboyev)

«Andijon» - «Navbahor» - 1:1 (Suhrob Berdiyev)

«Andijon» - «Paxtakor» - 1:0 (Rubin Hebay)

«Olimpik» - «Navbahor» -  2:1 (Sherzod Esanov).

Yilning eng chiroylini golini aniqlashda Liga ekspertlari o‘z ovozi bilan ishtirok etadi. Shuningdek, Liganing Telegramdagi rasmiy kanali orqali muxlislar o‘rtasida ham so‘rovnoma tashkil etiladi. Muxlislarning umumiy tanlovi 1 ta ovoz sifatida ekspertlar ovoziga qo‘shiladi hamda g‘olib aniqlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: