SportUz.Net
photo photo

Superliga-2023. Jamshid Iskanderov va Shahzod Ubaydullayev mavsum futbolchisi bo‘lish uchun kurashdan chiqib ketdi

18.12.2023 19:31    


Rasmni yuklab olish

Avvalroq Superligada mavsum futbolchisi bo‘lish uchun kurash olib borayotgan 9 nafar sportchi nomi keltirib o‘tilgandi. Endilikda ular orasidan ikki futbolchi — Jamshid Iskanderov hamda Shahzod Ubaydullayev kurashni to‘xtatdi.

Jamshid Iskanderov mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, "Navbahor" ishtirokidagi barcha — 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2234 daqiqa harakat qildi. Bu o‘yinlar davomida u 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda ham Iskanderov "Navbahor"ning ichki va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi.

Shahzod Ubaydullayev esa yarim mavsum Superligada to‘p tepib, 13 ta bellashuvda 878 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt ichida futbolchi raqiblar darvozasiga 4 ta to‘p kiritdi. Yozga qadar esa u Belarus chempionatida ishtirok etgandi.

Biz mazkur futbolchilarga 2024 yilgi mavsumda ulkan parvoz tilaymiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: