SportUz.Net
photo photo

Xoland YECHLda 40 ta gol urish uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchiga aylandi

29.11.2023 19:00    


Rasmni yuklab olish

“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turida “Leypsig” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Erling Holand ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa norvegiyalik futbolchi turnirdagi 35 o‘yinidan so‘ng gollarini 40 taga yetkazdi.

Bu borada Holand rekord qayd etdi. Shu vaqtga qadar hech bir futbolchi 40 lik marraga bunchalik tez yetib bormagan.

Shuningdek, Erling 23 yosh 130 kunligida gol urib, 40 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bunga qadar rekord “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappega tegishli edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: