SportUz.Net
photo photo

FourFourTwo dunyoning eng kuchli hujumkor yarim himoyachilari reytingini tuzdi: Bellingem yetakchi, Lionel Messi esa...

11.11.2023 16:00    


Rasmni yuklab olish

FourFourTwo nashri dunyoning eng kuchli hujumkor yarim himoyachilari reytingini tuzib chiqdi.

"Real" futbolchisi Jud Bellingem ayni paytda eng yaxshi hujumkor yarim himoyachisi deb topildi. Angliyalik futbolchi Ispaniya La ligasining joriy mavsumida 10 ta gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Ikkinchi pog‘onani esa «Manchester Siti» yetakchisi Kevin de Bryuyne egallagan bo‘lsa, Jamol Musiala («Bavariya») kuchli uchlikka kiritildi.

Lionel Messi to‘rtinchi pog‘onaga joylashtirilgan bo‘lsa, Martin Edegor kuchli beshlikdan o‘rin oldi.

1. Jud Bellingem («Real»);
2. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»);
3. Jamol Musiala («Bavariya»);
4. Lionel Messi («Inter Mayami»);
5. Martin Edegor («Arsenal»);
6. Jeyms Meddison («Tottenxem»);
7. Dominik Soboslai («Liverpul»);
8. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»);
9. Lukas Paketa («Vest Xem»);
10. Petr Zelinski («Napoli»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: