
Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur yakunlari bo‘yicha UYEFA haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritishga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Rasmus Xeylund («Manchester Yunayted» hujumchisi) — «Galatasaroy»ga qarshi bahsda 2 ta gol muallifi bo‘ldi.
Alvaro Morata («Atletiko» hujumchisi) — «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda 2 ta gol urdi.
Jud Bellingem («Real» yarim himoyachisi) — «Napoli»ga qarshi uchrashuvda bir gol va bir assist muallifiga aylandi.
Bruma («Braga» yarim himoyachisi) — «Union»ga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga bir gol va bir assist yozdi.
Ma’lumot o‘rnida. Bellingem joriy mavsumda ushbu sovrin uchun da’vogarlar safidan o‘rin olmoqda. 1-turning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Galeno («Portu») tan olingandi.
Hasanboy Do'smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi
Qozog'istonlik IBA Jahon chempionati g'olib va sovrindorlari davlatdan mukofot puli olmaydi. Nega?
Kelasi yilgi IBA Jahon chempionatining mukofot puli oshadi va yana bitta vazn qo'shiladi