«Bavariya» bugun «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynning transferini e’lon qildi. Ushbu xarid myunxenliklar uchun klub tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Germaniyaliklar 30 yoshli futbolchi uchun 100 mln yevro to‘lashadi. Bundan tashqari, o‘yinchi qayd etadigan natijalardan kelib chiqib londonliklar yana 20 mln yevroni qo‘lga kiritishlari mumkin.
Bunga qadar «Bavariya» tarixidagi eng qimmat transfer himoyachi Lukas Ernandesga tegishli edi. Jamoa 2019 yilda ushbu o‘yinchini «Atletiko»dan 80 mln yevroga sotib olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xarri Keyn «Bavariya» bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum