Aktyor va WWE yulduzi Dueyn Jonson UFC jangchisi Temba Gorimboga uy sovg'a qildi. Nega Jonson o'zi uchun notanish bo'lgan sportchiga bunday hadyani amalga oshirdi? Sababi, UFC o'tganidan so'ng Gorimbo sport zalida yashagan va uning hisobida bor yo'g'i 7 dollar qolgandi. U ayrim jihozlarni sotdi, ammo uni Afrikadagi qishlog'ining quduq qurulishiga sarfladi. Temba Zimbabveda tug'ilgan, keyinroq AQSHga ko'chib o'tgan va hozir 32 yoshda. U fevral oyida promoushendagi debyutini mag'lubiyat bilan boshladi hamda may oyida ikkinchi jangini o'tkazib, unda g'olib bo'ldi.
“Fevraldagi mag'lubiyatdan keyin bu juda qiyin bo'ldi. Agar siz ham men kabi UFC azosi bo'lsangiz, jang uchun 10 000 dollar va g'alaba uchun 10 000 dollar olish huquqiga egasiz. Siz menejerga 30 foiz soliq va 10 foiz gonorar to'lashingiz lozim. Mendan parvozlar va mehmonxonalar uchun 2 000 dollar echib olishdi, mabodo yutqazib qo'yganimda uyimga pulsiz qaytardim”, deydi Gorimbo debyut g'alabasidan keyin.
Sato bilan dueldan oldin uning hisobida 7 dollar mavjud edi va murabbiyi Daniel Valverde bilan MMA Masters zalidagi gilamchalarda uxlagan. Bazida uni taniqli UFCjangchisi Kolbi Kovington oziq-ovqatlar bilan taminlab turgan. Ilk g'alabasidan so'ng Temba 7 000 dollarlik asbob-uskunalarni sotdi, lekin uy topish uchun emas, balki boshqa odamlar yaxshiroq yashashi uchun Zimbabvedagi qishlog'idagi quduqqa sarfladi. “O'z vaqtida menda ham 7 dollar bor edi va men ham jangda ishtirok etganman, senga yordam beraman, uka”, deb unga dalda bergandi taniqli aytyor Dueyn Jonson.
“Jonson 2012 yilda Seven Bucks studiyasiga asos solgan. Men va u Seven Bucks’ning yigitlarimiz. O'ylaymnki, endi etti men uchun baxtli raqam ekanligini bilasiz”, deydi Grimbo. Bu ikki shaxsning uchrashuvi Temba Mayamidagi sport zalida intervyu berayotgan chog'ida sodir bo'ldi. Suhbat davomida Jonson uning ortidan yaqinlashib, u bilan quchoqlashib ko'rishdi. O'sha lahzada Grimbo yig'lab yubordi, chunki uning orzularidan biri amalga oshgandi. Tanishuvning asosiy omili uy edi...
“Biz hech qachon uchrashmaganmiz, biroq uning qo'ziga qarash va u bilan so'rashib, quchoqlashish bu shunchaki ajoyib. Men yigitning hikoyasidan tasirlandim. Grimbo yashashga joy izlash o'rniga Zimbabvedagi qishlog'ini toza suv bilan taminlash uchun harakat qilayotgan ekan. U mendan umuman hech narsa so'ramagan, lekin men unga yordam berishni istadim”, deydi suhbat chog'ida Jonson.
Gorimbo 13 yoshida ota-onasini yo'qotgan.
16 yoshidan pul topish uchun noqonuniy ravishda dalalarda olmos qazigan.
Zimbabvedan Janubiy Afrikaga qochib ketgan va qo'lga olinib, o'z yurtiga deportaciya qilingan.
“Ilgari odamlar policiyadan qochib, mening ko'z o'ngimda o'ldirilgan. Lekin kimdir menga birinchi marta pichoq tortdi. Janubiy Afrika chegarasini kesib o'tsangiz, siz nafaqat policiya, balki jinoyatchilar uchun ham o'ljaga aylanasiz. Ular chegaradan o'tgan odamlarning pullari ko'p deb o'ylashadi. O'shanda jinoyatchilar bizni ko'rib, tuzoqqa ilintirishdi. Men katta pichoqni ko'rib, hushimdan ketganimni eslayman. Erga yiqildim, qolganlar esa qochib ketdi. O'zimga kelgach, meni o'ldirib qo'ymasliklari uchun policiyaga murojaat qilmoqchi edim, ammo do'stim meni fikrimdan qaytardi. ”Hech qachon orqaga qaytmaslik” filmi orqali MMA’ga oshiq bo'lib qolganman hamda 19 yoshimdan boshlab ushbu jang sanati bilan shug'ullanib kelganman. Oradan 3 oy o'tib, birinchi jangimda nokaut bilan g'olib bo'ldim”, deya eslaydi qahramonimiz.
Xorijiy saytlar asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi