Xabaringiz bor, Islam Maxachev UFC 294 turnirining markaziy jangida CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiyadi. Bu jang braziliyalik uchun revansh maqomida bo'ladi.
CHarlz Oliveyra davogarlar kamligi uchun yana bir bor imkoniyatga ega bo'ldi. Aslida Maxachev yarimo'rta vaznga ko'tarilishini istagandi.
Islam Maxachev mart oyida Abu Dabida jang qilishini elon qilgandi. O'shanda u Dariush - Oliveyra jangi g'olibiga qarshi oktagonga ko'tarilishini aytgandi. “Umid qilamanki, Dariush CHarlz Oliveyrani mag'lub etadi. CHunki men unga qarshi jang qilganman. Menga yangi chaqiruvlar kerak. Men istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman”, - degandi Islam.
Biroq Dariush kutilmaganda nokautga uchradi va buning ortidan CHarlz yana bir bor davogarga aylandi. Islam Pore — Getji jangi g'olibi yoki Volkanovski va Leon Edvardsga qarshi jang qilishi mumkin edi. Biroq yarim engil vazn chempioni qo'lini operaciya qildirdi.
Yarimo'rta vazn chempioniga Kolbi Kovington berilgan bo'lsa, Dastin va Jastin jangga qadar tiklanishga ulgurmasliklari malum bo'ldi. SHu tariqa, Islamga bittagina raqib qoldi. U ham bo'lsa, CHarlz Oliveyra!
CHarlz Oliveyrada Islam Maxachevga qarshi jangda hech qanday imkoniyat yo'q. U birinchi jangda sambo jiu-jitsudan ustunligini isbotlab qo'ydi.
Birinchi jangda Islam favorit edi, ikkinchisida esa uning imkoniyatlari yanada oshdi. Sababi, birinchi jangda Islam raqibiga hech nima qilishga imkon bermadi. Har tomonlama raqibidan ustun ekanligini isbotladi. Ushbu jangda barcha jiu-jitsu samboga qarshi yaxshi ishlay olmasligini ko'rdi.
CHarlz Oliveyra birinchi jangda nafaqat kurashda, balki tik turgan holatda jangda ham mag'lub bo'lgandi. CHunki uning mag'lubiyati nokdaundan boshlangandi. U Maxachevga qarshi jangda doimgidek pressing qilmadi va himoyaviy jang qilishni boshladi. Turgan holatda olib borilgan jangda ham ustunlik Islam tomonida edi.
CHarlz Oliveyra Dariushga qarshi jangda yana o'zining uslubida hujumkor taktikada oktagonda harakat qildi. Biroq Islamga qarshi jangda bu katta tavakkal bo'lishini braziliyalikning o'zi ham juda yaxshi biladi.
CHarlz raqibini qanday qilib mag'lub etishi mumkin? U "stoyka"da yaxshi poziciyada harakat qilishi, asosan tavakkalga asoslangan jang qilishi va dzyudoda yaxshilab o'zlashtirishi lozim. Biroq buning uchun unda unchalik ko'p vaqt yo'q.
Maxachev Oliveyra uchun stilistik jihatdan juda noqulay raqib: intizomli jang va ajoyib sambo usullari sohibi. Islam parterda ajoyib tarzda harakat qiladi. Uning bu harakatlari Xabibnikidan ham mukammalroq deb ko'pchilik takidlagan. Oliveyra, aksincha, Maxachev uchun qulay raqib.
Bularning barchasi shunchaki taxminlar edi. Barchasi qanday yakunlanishini 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 294 oqshomida bilib olamiz.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi