SportUz.Net
photo photo

Usmon Toshev "Buxoro"ga qaytdi

10.05.2021 15:50    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda Buxoro futbol associasiyasi matbuot xizmati malumot berdi.

"Xabaringiz bor, 2019 yilning 4 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni elon qilingan edi. 10 may kuni «Buxoro» professional futbol klubining qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikaciyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Botirjon SHaxriyorov, Buxoro jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Ismoil Mirzaev, Buxoro viloyati futbol associaciyasi birinchi vice prezidenti Farrux Xamraev hamda Buxoro futbol klubi rahbariyati, ishchi xodimlari va jamoa ishqibozlari ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida «Buxoro» professional futbol klubi bosh direktori lavozimiga 2021 yil 10 maydan Toshev Usmon Qudratovich tayinlandi", deyiladi xabarda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: