SportUz.Net
photo photo

Rasman: "RB Leypcig" "Manchester Siti" o'yinchisini 18 mln evroga xarid qildi

13.02.2021 15:23    


Rasmni yuklab olish

Germaniyaning "RB Leypcig" klubi "Manchester Siti" himoyachisi Anxelinoni xarid qildi.

Ikki mavsumdan beri nemis klubida o'ynayotgan ispaniyalik futbolchi "Leypcig" bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Klub "shaharliklar" bilan tuzilgan bitimdagi xarid qilish huquqini faollashtirishdi.

Xabarlarga ko'ra, Anxelinoning transferi "Leypcig"ga 18 million evroga tushdi. 24 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: