SportUz.Net
photo photo

RASMAN: Benzema "Real"ni tark etadi

04.06.2023 16:23    


Rasmni yuklab olish

"Real" matbuot xizmati Karim Benzema joriy yozda klubdan ketishini elon qildi.

Oldinroq, 35 yoshli forvard Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubidan taklif olgani elon qilingan edi. O'sha xabarda franciyalik 2 yil ichida 200 mln. evro ishlab olishi aytilgandi.

Karim - "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Real"ga 2009 yilda kelib, klubda 14 yil to'p tepib, 25ta jamoaviy sovrin yutdi. 2022 yilda Benzema "Oltin to'p" egasiga aylandi.

Benzema "Real" safida 353ta gol urib, klub tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purar nomini qo'lga kiritdi.

Karim Benzema joriy mavsum 42ta uchrashuvda 30ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: