SportUz.Net

Islam Maxachev Maddalenaning "vyzov"iga "otvet" qildi

11.05.2025 12:03    


Rasmni yuklab olish

UFC vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi jangchisi Islam Maxachev Jek Della Maddalenaning bugungi g'alabasiga munosabat bildirdi.

Avstraliyalik yangi chempion kelib chiqishi falastinlik bo'lgan Belal Muhammadni ochkolar bo'yicha mag'lub etgan va jangdan keyin engil vazn chempioni Islam Maxachevga "vyzov" tashlagandi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi bu chorlovning javobini uzoq kuttirmadi. 

"Ikkitalik chempion bo'lish fursati keldi. Olg'a!", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Maxachev.

SHuningdek, Islam ilk kamar himoya jangidayoq chempionlik unvonidan mahrum bo'lgan do'sti Belalni ham qo'llab-quvvatladi. 

"Belal, boshingni tik tut, chempion", – degan Islam.

Agar bugun Muhammad chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilganida Maxachev engil vaznda qolib, 28 iyun kuni Las-Vegasda Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga chiqardi. Endi Topuriya vaqtinchalik kamar uchun braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi jang o'tkazadi. Islam esa ikki vazn chempioni bo'lish uchun urinib ko'radi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: