SportUz.Net

Doston Bozorov, Amirxon Alixo'jaev, SHohasan Mirzamatov va boshqalar jang qilgan Octagon 72 turnirining barcha natijalari bitta sahifada

12.05.2025 00:48    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 72 musobaqasi o'tkazildi.

Musobaqaning markaziy bellashuvida engil vazn toifasining o'zbekistonlik chempioni Doston Bozorov o'z kamarini Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimovdan himoya qildi.

Ikkinchi asosiy bellashuvda esa Amirxon Alixo'jaev braziliyalik Manuel dos Santos bilan to'qnash keldi. SHuningdek, musobaqa doirasida SHohasan Mirzamatov, Ahliddin Mirzadavlatov kabi sportchilarimiz oktagonga ko'tarilishdi. Mazkur sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi (g'oliblar qoraytirilgan holda yozib borildi).



Asosiy kard:

Markaziy jang, engil vazn chempionligi uchun: DOSTON BOZOROV - Fazliddin Madrahimov (Tojikiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

Engil vaznda: AMIRXON ALIXO'JAEV - Manuel dos Santos (Braziliya), (1-raundda KO-TKO); 

Kelishilgan vaznda: SHOHASAN MIRZAMATOV - Abilkassim Yakubov (Qirg'iziston), (1-raundda KO-TKO); 

Engil vaznda: HUSANBOY OTABOEV - Sayat Abduali (Qozog'iston), (2-raundda bo'g'ish usuli bilan); 

Engil vaznda: AHLIDDIN MIRZADAVLATOV - Luchiano Palxano (Braziliya), (Ochkolar hisobiga ko'ra); 

Yarim o'rta vaznda: SAYDATXON NURIDDINOV - Emin SHarifov (Ozarbayjon), (3-raundda KO-TKO);  

Engil vaznda: ASADBEK QOXOROV - Farhod Davlatov (Tojikiston), (2-raundda KO-TKO);

Engil vaznda: OG'ABEK "SATURN" ABDUMO'MINOV - Marselen Kamate (Qozog'iston), (Raqib 2-raundda jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi).  

Prelim kard:

SHou jangi: ERALI BOYQOBILOV - Bobochoni "Rodnoy" Xolmurod (Tojikiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra); 

Engil vaznda: ABDUMALIK YORBO'TAEV - Mixail Jumaev (Qozog'iston), (2-raundda KO-TKO); 

Eng engil vaznda: QAHRAMON TURSUNBOEV - Bekdaulet Korganbay (Qozog'iston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);  

Eng engil vaznda: ABBOS HAYDAROV - Dostonbek Mahammatjonov (Qirg'iziston), (1-raundda og'ritish usuli);

O'ta engil vaznda: BEHRUZ ISROILOV - Artur Nurdunov (Qirg'iziston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

Yarim engil vaznda: Sayfulloh Mamasaidov (Qirg'iziston) - Nursultan Ospan (Qozog'iston), (1-raundda sabmishen);

O'rta vaznda: CHINGIZ TO'RAEV - ULUG'BEK RIXSIBOEV, (1-raundda KO-TKO).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: