SportUz.Net

"Avstraliyalikka uzoq tanaffus shart emas". Maddalena Maxachev bilan jang sanasi haqida gapirdi

12.05.2025 16:39    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning yarim o'rta vazn toifasidagi yangi chempioni Jek Della Maddalena uzoq tanaffus olish niyatida emas.

Uning aytishicha, ikki oy ichida Islam Maxachevga qarshi kamarni himoya qilishga tayyor.

"Islamga chempionlik jangi uchun imkoniyat berishga hech kim qarshi bo'lmasa kerak. Menimcha, bu SHavkat uchun biraz asabiy holat, lekin ikki vazndagi chempionlik koncepciyasi shunday — bu holat divizionni chalkash holga keltiradi. Bunday holat muntazam tarzda bo'lmasligi kerak. Ammo aynan Islamning holatida bundan mano bor.

Bu vazn toifasida raqobat juda yuqori. SHavkat asosiy davogarligi aniq, lekin u uzoq vaqt faol bo'lmasa, boshqa davogarlar paydo bo'laveradi. SHon Bredi bilan jangdan so'ng, agar SHavkat bo'lmaganida, aynan u birinchi raqamli bo'lardi. Endi esa Ien Garri chiqib keldi. Ular o'zaro jang qilishi kerak.

Biz divizionni kuchaytirishimiz kerak. Umid qilamanki, shu jangdan sakkiz hafta o'tgach, yarim o'rta vaznda yangi chempionlik jangni ko'ramiz", – dedi Maddalena.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: