UFC prezidenti va TKO Boxing rahbarlaridan biri Dana Uayt prof boks bo'yicha ikki chempion — Terens Krouford va Saul Alvares o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Bu tarixdagi eng buyuk janglardan biri. Uni tashkil etish men uchun sharaf. Biz hamma narsani — reklama, ishlab chiqarish, tadbirlarni boshqarishni xuddi UFC janglaridagi kabi qilamiz. Bu haqiqiy sharaf. Kanelo ham, Krouford ham juda yaxshi jang ko'rsatishdi va men hozirdan sentyabrgacha ular bilan ishlashni orziqib kutaman. Bu qiziqarli bo'ladi", dedi Uayt.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi