SportUz.Net

Octagon Liga diskvalifikaciyasiga uchragan Odilxon endi boks tushadi, raqib va jang sanasi malum (POSTER)

11.05.2025 12:30    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Odilxon Kamolov o'zini boksda sinab ko'rmoqchi.

U 25 may kuni Qirg'izistonning O'sh shahrida tashkil etiladigan Alatoo Boxing League oqshomida ringga ko'tariladi.

Kamolovga debyut jangida mezbon yurt vakili Marsel Nurlanbek Uulu raqiblik qilishi belgilangan.

Qizig'i, Marsel ham aslida MMA jangchisi va u ham Octagon League musobaqalarida ishtirok etib kelgan. Lekin u 2024 yil dekabr oyida aynan shu boks Ligasida debyut qilib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi.

Avvalroq, Kamolov Octagon League tomonidan diskvalifikaciya uchraganidan keyin dastlab, Alash Pride, keyinroq esa Open FC MMA Ligalari bilan shartnoma imzolagandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: