SportUz.Net
photo photo

O'FA rahbariyati Argentinada ishtirok etib kelgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi

04.06.2023 08:23    


Rasmni yuklab olish

Kecha O'FA rahbariyati Argentinada bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan uchrashdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Abdusalom Azizov yoshlarimizga futbol jamoatchiligi nomidan mundialdagi ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi. Mazkur musobaqadagi ishtirokni tahlil qilgan holda, qaysi yo'nalishlarda yanada ko'proq ishlash kerakligini ko'rsatib berganini aytdi. 

Ushbu futbolchilarimizga ishonch bildirilib, o'z ishiga professional yondashishsa, futboldan chalg'imasa, imkoniyatlardan unumli foydalansa kelajakda olimpiya va milliy jamoalardan mustahkam joy egallashi mumkinligi takidlandi. Bu borada o'z ustida yanada qattiq ishlab, bor kuch-g'ayratini sarflashlari zarur. 

O'FA rahbari terma jamoalar tarkibini yanada kuchaytirish, futbolchilarning jismoniy, ruhiy hamda tibbiy holati ustida ishlash bo'yicha tegishli topshiriqlar berdi. Mazkur terma jamoada iqtidorli futbolchilar ko'p ekanligi, ular kattalar o'rtasidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi. 

O'z navbatida, jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, etakchi futbolchilar Umarali Rahmonaliev va Abbosbek Fayzullaev O'FAga etibor va tayyorgarlik yo'lida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: