UFC 315 turnirining asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda avstraliyalik davogar Jek Della Maddalena endilikda sobiq chempion Belal Muhammadni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, vaznning yangi chempioniga aylandi.
Aynan ushbu qonli to'qnashuv UFC 315 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari, qo'shimcha 50 000 dollarlik bonus, yani mukofot pulini ham qo'lga kiritdi.
SHuningdek, Mark Andre-Bario va Jasmin Jasdavisius ham yorqin jang uchun bonusga loyiq ko'rilishdi. O'rta vazn vakili bo'lgan kanadalik Mark Andre-Bario braziliyalik Bruno Silvani 1-raundda nokaut evaziga taslim etdi. Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda oktagonga chiqqan yana bir Kanada vakilasi Jasmin Jasdavisius braziliyalik nomdor raqibas Jessika Andradeni 1-raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi