SportUz.Net

U-20 JCH. 1/8 final oldidan San-Xuanda zilzila qayd etildi. Er silkinishi O'zbekiston joylashgan shaharda ham sezilgan

30.05.2023 20:46    


Rasmni yuklab olish

San-Xuan sharhrida nimchorak finalning ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kecha Argentinaning San-Xuan provinciyasida mahalliy vaqt bilan soat 12:02 da rixter shkalasi bo'yicha 4,8 magnitudali er silkinish holati qayd etilgan. 

Ushbu shaharda U-20 jahon chempionati 1/8 finali doirasida Kolumbiya — Slovakiya hamda Argentina — Nigeriya uchrashuvlari o'tkaziladi. Zilzila, shuningdek, San-Luis, La-Rioxa va Mendosada ham sezilgan. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak final bahsini Mendosa shahrida o'tkazadi. Isroilga qarshi bellashuv Toshkent vaqti bilan 31 mayga o'tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: