SportUz.Net
photo photo

Modrich Mbappening "Real"ga transferi borasidagi malumotlarga izoh berdi

14.04.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "qirollik klubi"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Jurnalistlar o'yinchilarning transferlari haqida mish-mishlar tarqatishni yaxshi ko'rishadi. Kilian hoziroq dunyoning eng kuchli o'yinchilaridan biridir. U o'z klassini PSJ va Franciya terma jamoasida isbotladi.

Klubimiz doim yulduzli o'yinchilarni quvonch bilan kutib oladi, ammo mavsum avjida, shu sabab biror narsani taxmin qilish to'g'ri emas. Ozgina kutish kerak deb o'ylayman", - deydi xorvat.

Oldinroq, Mbappe "Real"ga o'tishi sabab Parij grandi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: