SportUz.Net
photo photo

PSJ Messini Mbappega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda

12.04.2021 14:50    


Rasmni yuklab olish

PSJ forvard Kilian Mbappening ehtimoliy transferiga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Telefoot.

Parijliklar 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish yo'llarini izlashda davom etmoqda, ammo hozircha bu borada klub uchun ijobiy yangiliklar yo'q.

Mbappening o'zi yakuniy qarorni yozda aytishini, malum qilgan. SHunday bo'lsada, yaqin kunlarda futbolchiga yaqin manbaalarning xabariga ko'ra, Kilian Ispaniya poytaxtiga yo'l olish niyatidaligi malum bo'lgandi.

PSJ Mbappening o'rniga bir nechta variantlarni o'rganib chiqmoqda. Ushbu ro'yxatda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi, bu variantni ayniqsa PSJ sport direktori Leonardo qo'llab-quvvatlaydi, "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn - parijliklar ustozi Maurisio Pochettinoning "eski tanishlaridan" va "Liverpul" vingeri Moxamed Salax bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: