SportUz.Net
photo photo

Argentina va Niderlandiya hozirgacha 40,5 mln dollardan ishlab oldi. JCH-2022 sovrin jamg'armasi haqida malumot

04.12.2022 11:23    


Rasmni yuklab olish

FIFA taqdim etgan malumotga ko'ra, JCH-2022 sovrin jamg'armasi 440 mln dollarni tashkil qiladi.

Bu 2018 yilgi musobaqadan 40 mln dollarga ko'p deganidir.

Qatardagi mundial guruh bosqichiga yo'l olgan har bir terma jamoaga 9 mln evrodan ajratilgan. SHuningdek, har bir ishtirokchi JCH oldidan tayyorgarligi uchun 1,5 mln dollarga ega bo'lgan.

1/8 finalga chiqqan terma jamoalar yana qo'shimcha 13 mln dollardan ishlab oldi. Argentina va Niderlandiya chorak finalga masalasini ijobiy hal etdi. Ushbu bosqichga etib kelgan ishtirokchilarga 17 mln dollardan ajratilishi ko'zda tutilgan. SHunday qilib, ikki terma hozirgacha 40,5 mln dollardan (1,5 mln bilan birga) ishlab olishga ulgurdi.

Musobaqada to'rtinchi bo'lgan termaga 25 mln dollar, bronza medali sohibiga esa 27 mln dollar o'tkaziladi.

CHempion va finalchi qancha mablag'ga ega bo'ladi?

Finalda mag'lub bo'lgan jamoa 30 mln dollar qo'lga kiritadi. Musobaqa g'olibiga esa 42 mln dollar mukofot puli topshiriladi.

SHunday qilib, JCH-2022 chempioni umumiy 82,5 mln dollarga ega chiqish imkoni bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: