Bu safar u Serxio Aguero Lionel Messini himoya qilib, aytgan so'zlariga munosabat bildirdi. Aguero ijtimoiy tarmoqlarda Kaneloga Meksika terma jamoasining formasi nima uchun polda turgani va Messi butsasini echganda tasodifan uni tepganini tushuntirishga uringan edi.
"Sen ham ahmoqsan. Avval menga nimadir yozasan, keyin orqaga qaytasan. Ikkiyuzlamachi bo'lma", - deya javob berdi Alvares Agueroga.
Eslatib o'tamiz, Messi Meksika terma jamoasi futbolkasini behurmat qilgani Kaneloni g'azablantirgan edi.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi