SportUz.Net
photo photo

"Real" futbolchisi qaytmoqchi

09.04.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Luka Yovich kelajagi borasida qaror qabul qildi.

23 yoshli futbolchining transfer huquqi Madridning "Real" klubiga tegishli.

"Barcha mening "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomam borligidan xabardor. Men mavsum so'nggida "Real"ga qaytishni rejalashtirmoqdaman. "Ayntraxt"dagi ijara menga foydali bo'ldi.

Men boshqa klublardan takliflar oldim, ammo Frankfurt - men uchun o'zgacha joy", - deydi forvard.

Yovich joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: