Jamoaning uchta golidan ikkitasiga Jessi Lingard mualliflik qildi. Bu "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Vest Xem"ga ko'chib o'tgan Lingard uchun yangi jamoasi safidagi ilk o'yin edi.
Bungacha faqat birgina futbolchi "Vest Xem"dagi debyutda ikkita gol ura olgan - Trevor Sinkleyr (1998 yilda).
APL doirasida 28 yoshli Lingard so'nggi ikki yil ichida bittagina gol ura olgan ekan. So'nggi marotaba dublni esa 2018 yilning dekabrida "Kardiff" bilan o'yinda qayd etgan.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"