SportUz.Net

Ramos Pikening "Barselona"ni tark etish qaroriga munosabat bildirdi

04.11.2022 15:50    


Rasmni yuklab olish

PSJ markaziy himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshining gapiga izoh berdi.

Payshanba kuni "Barselona" faxriysi Kataloniya klubini tark etishi va futbolni tugatish niyatida ekanligini elon qilib, futbol jamoatchiligini hayratda qoldirdi.

"Jerar, sen ko'p narsalarni boshdan kechirding. Endi shunchaki hayotdan zavqlan!", – deb yozdi Ramos ijtimoiy tarmoqlarda.

2008 yildan buyon "Barselona" safida o'ynab kelayotgan Pike "ko'k-anorranglilar" tarkibida 614 ta o'yinda maydonga tushdi, shu jumladan, joriy mavsumda  9 marta maydonda ko'rinish berdi. 35 yoshli centrbek 2009-2018 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi safida 102 ta o'yinda qatnashdi.

Manba: Pike "Barselona" to'lashi kerak bo'lgan puldan voz kechadi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: