Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda.
Kelishuv qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin, chunki 37 yoshli Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi kunlari oxirlab bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Tottenxem" bilan o'yin (2:0) tugamasidan stadionni tark etgan, buning uchun esa jarimaga tortilgan va U-21 jamoasi mashg'ulotlariga o'tkazilgandi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishuv mavsum oxirida tugaydi, shuning uchun MYU qishki transfer oynasida o'z futbolchisini sotish choralarini ko'radi.
Krishtianu Ronaldu va Gonsalo Iguain "Real" va "Yuventus"da birga o'ynagan.