"Meni kuzatib ulg'aygan bolalarning butun avlodi bor. Ular 2021 yilda Amerika Kubogida Argentina bilan birga chempion bo'lganimni ko'rishdi va bu bizning ular bilan rishtalarimizni mustahkamladi. Meni butun mundial davomida qo'llab-quvvatlashlarini his qilyapman", – dedi Messi argentinalik jurnalist Pablo Giraltga bergan intervyusida.
PSJ hujumchisi Argentina terma jamoasi safida 164 ta o'yin o'tkazib, 90 ta gol urgan. Messi to'rtta Jahon chempionati va oltita Amerika Kubogi turnirlarida ishtirok etgan.
JCH-2022 Qatarda bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi "C" guruhida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan o'ynaydi.