Mutaxassis to'rtinchi mavsumdan beri jamoani boshqarmoqda.
"U ajoyib murabbiy, menga katta ishonch bag'ishlaydi. Anchelotti o'yinchiga o'z futbolini o'ynash imkoniyatini beradi. U har doim g'alaba qozonishga intiladi va o'zgarishlarga qo'l uradi. Men u tomonidan hech qanday bosim his qilmayman", – dedi Benzema.
Benzema joriy mavsum Ispaniya chempionatida 5 ta gol urdi. "Real" La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.