SportUz.Net

Saloh - APLda chap oyog'i bilan kamida 100 ta gol urgan ikkinchi futbolchi

17.10.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" azosi Muhammad Saloh urgan gollari soni bo'yicha APL tarixida chap oyoqdagi ikkinchi raqamli hujumchiga aylandi.

Angliya chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:0) kiritilgan g'alaba to'pi misrlik uchun 100-gol bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha forvard chap oyog'i bilan 105 ta gol urgan Robbi Faulerdan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

Bundan tashqari, "Siti" darvozasiga kiritilgan to'p Salohni "Liverpul"ning Premer-ligadagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa olib chiqdi. U 121 ta gol bilan Stiven Jerrardni (120) ortda qoldirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: